Янгиликлар /

Mourino: Ikkinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Angliya kubogi 1/16 final bosqichida jamoasining «Uigan» ustidan qozonilgan yirik g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz haqli g‘alabaga erishdik. Birinchi bo‘limni u qadar yaxshi o‘tkaza olmadik, ammo hisobni ochishga ulgurdik. Raqib biz kutgandek jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, bizga bosim o‘tkazishga urindi. Bizdan esa o‘yin taqdirini hal etish uchun nimanidir o‘zgartirish talab etilardi».

«Ikkinchi bo‘limni birinchisiga qaraganda juda yaxshi o‘tkaza oldik. O’z ishimizni bajardik va 1/8 finalga yo‘llanma oldik. Amalga oshirgan ishimizdan xursandman. Bugun maydonda ayrim futbolchilarning harakatlaridan judayam mamnun bo‘ldim», — deydi portugaliyalik mutaxassis.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.