Янгиликлар /

Mourino: Yangi yutuqlar sari intilaman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino futbolda erishgan eng katta yutug‘i to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

«Ular juda ko‘p, bu savolga javob berish qiyin. Keling bir boshdan aytaman.«Portu» bilan Chempionlar ligasidagi g‘alaba – tarix. 50 yillik muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng «Chelsi» bilan APL g‘olibi bo‘lish – tarix. «Inter» bilan «trebl» — tarix. Bir necha yillik muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng «Real» bilan chempion bo‘lish – tarix. APLga qaytib, «Chelsi» bilan chempion bo‘lish – tarix».

«Ko‘rib turibsizki, ajoyib yutuqlarga boy bo‘lgan faoliyatga egaman. Ammo bir muammo bor – har doim yangi yutuqlar sari intilaman», degan Mourino Sky Sports muxbiri savoliga javoban.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.