Янгиликлар /

Navbatdagi raqib Blekbern

Мақола нашр қилинди

Unga ko‘ra, kubokda qahramonlik ko‘rsatayotgan «Satton Yunayted» jamoasi o‘z stadionida yana bir bayram uyushtiradigan bo‘ldi. Bu safar jamoa premer-liganing yetakchilaridan biri «Arsenal»ni o‘z uyida qabul qiladi.

Shuningdek bu bosqichda «Chelsi» «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yuboragan «Vulverhempton» mehmoni bo‘ladi. «Manchester Yunayted» esa «Blekbern»ga safar uyushtiradi. Qiziqarli uchrashuvlardan biri London derbisida kuzatiladi. «Tottenhem» «Fulhem» uyiga safar uyushtiradi.

Kubok o‘yinlari 17-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

1/8 final Qur’aning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Byornli — Linkoln Siti

Fulhem — Tottenhem

Blekbern — Manchester Yunayted

Satton Yunayted — Arsenal

Middlsbro — Oksford

Vulverhempton — Chelsi

Haddersfild — Manchester Siti

Milluoll — Derbi Kaunti/Lester

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.