Янгиликлар /

Mxitaryan: Bu biz uchun yangilik emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Angliya chempionatining 24-turida «Lester Siti»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mxitaryan ushba uchrashuvning 42-daqiqasida hisobni ochdi. «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino uchrashuvni 4-4-2 sxemasida boshlagan bo‘lsada, birinchi bo‘lim o‘rtalarida armanistonlik futbolchini «hujumchi orti» chizig‘iga qo‘ygandi.

«Biz o‘yindan oldin bunga tayyorlangan edik. Mourino agar ikki hujumchilik sxema ish bermasa, uni o‘zgartirishini aytgandi. O’yin vaqtida xuddi shu rejani amalga oshirdik».

«Bu biz uchun yangilik emas. Oldin ham sxemani ko‘p o‘yinlarda osonlikcha o‘zgartirganmiz. Menga turli chiziqlarda o‘ynash yoqadi. Bu safar murabbiy men hujumchi ortida o‘ynasam yaxshi bo‘lishini sezdi», — deya Mxitaryanning so‘zlarini keltirgan Goal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.