«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Mikael Silvestr fransiyalik hujumchi Antoni Marsyalga klubdan ketish borasida shoshilinch qaror qabul qilmaslikni maslahat berdi.
«Marsyal o‘tgan mavsum mankunianliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, lekin bu yil u boshqa o‘yinchi. Men uni sabrli bo‘ladi va bir paytlar Pogba «Yuventus» ga ketib qolgani kabi yo‘lni tutmaydi deb o‘ylayman. Hozir Antoni xarakter va jasurlik ko‘rsatishi, bor kuchi bilan ishlashi lozim. Unda Ibragimovichdan, Runidan o‘rganish imkoni mavjud. Bu yigitlar sovrinlar yutish uchun nima kerakligini bilishadi. Bu yosh hujumchiga o‘sish va rivojlanish uchun eng yaxshi joy. Bu Markus Reshfordga ham tegishli», — deydi Silvestr.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.