Янгиликлар /

TAG Heuer soatlar kolleksiyasini taqdim etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» va Shveysariyaning TAG Heuer kompaniyasi hamkorlikda «qizil iblislar» uchun mahsus soatlar to‘plamini tayyorladi.

Soat taqdimot marosimida jamoa a’zolari Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, David De Xea va Ander Errera ishtirok etishdi. Shveysariyaning simvollaridan biri bo‘lgan katta pishloq «Old Trafford» da ikkiga bo‘lish orqali o‘ziga xos taqdimotni amalga oshirishdi.

TAG Heuer ikki ko‘rinishdagi soat moddelarini taqdim etdi:

Birinchi model soat -TAG Heuer Carrera Heuer 01 Manchester United deya nomlanib – o‘ziga hos dizayn yechimiga ega va «Manchester Yunayted» logotipi aks etgan.

Narxi: £4800

Ikkinchi soat modeli esa — TAG Heuer Formula 1 Manchester United Chrono Quartz – nomlangan – soddalik va chiroyli dizayni orqali xaridorlariga manzur bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu model soatlari birinchisiga qaraganda ancha arzon.

Stoimost: £1300

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.