Янгиликлар /

«Yunayted» moliyaviy hisobotni taqdim qildi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» moliyaviy hisobotni taqdim qildi, unga ko‘ra jamoaning choraklik foydasi 37,6 million funtni tashkil qildi.

«Yunayted» shuningdek uchrashuv translyatsiyasidan olgan foydasi ham 40,8% ga o‘sgan, va bu jamoa g‘aznasini 52,5 million funt mablag‘ bilan to‘ldirgan. Uchrashuv kuni olinadigan foyda ham 27%  ga o‘sib 38,6 million funt bo‘lgan. Yuqoridagi ikki ko‘rsatgichlarning o‘sishi va boshqa sohalar rivojlanishi natijasida umumiy aylanma mablag‘ 18% ga o‘sib 157,9 million funt mablag‘ni tashkil qilgan .

Joze Mourino, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogb va Genrix Mxitaryan jamoaga kelishi natijasida maoshlar ko‘rsatgichi ham 14% ga o‘sgan.  

Shuningdek jamoaning g‘arzlari ham 27% ga o‘sgan va 2016 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra 409,3 million funtni tashkil qilgan. Bunga asosiy sabablardan biri Buyuk Britaniyaning Yevroitfoqdan chiqishi oqibatida funt starlingning dollarga nisbatan pasayganligidir.

Moliyaviy ekspert Devid Bikning so‘zlariga ko‘ra qarzlarining ko‘payishi jamoa rahbariyatini unchalik bezovta qilmayapti.

«Bu vaziyat jamoada hech qanday siqilish uchun sababb bo‘ladi deb o‘ylamayman. – Shuni aytishim kerakki «Manchester Yunayted» balansi har doimdagidek hurmatga loyiq. Faqatgina birgina jihat– bu ham bo‘lsa jamoaning Chempionlar Ligasiga qaytishi bo‘ladi. Jamoa ushbu turnirda ishtirok etmasligi bois translyatsiya va o‘yin kunlaridagi ko‘riladigan foyda jihatdan bir mavsumda 60 dan 100 million funtgacha yoqotmoqda».

Shuningdek jamoa Bastian Shvaynshtaygerni asosiy jamoada qolishini 4,8 million funt sifatida baholangan. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.