Янгиликлар /

Mourino: Muhim g‘alabaga erishdik

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino «Uotford» ustidan (2:0) qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.

«Biz uchun bu g‘alaba zarur edi. 16 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya – bu ajoyib ko‘rsatkich. Agar biz uydagi duranglar o‘rniga, g‘alaba qozonganimizda bundan yaxshi bo‘lardi. Bugungi o‘yin juda qiyin kechdi va muhim g‘alabaga erishdik».

«Odamlar «Uotford» va «Stok» qanday jamoa ekanligini unutib qo‘yishayapti. Ularning tarkibiga qarang: u yerda «Inter», «Latsio», «Napoli» da to‘p tepgan top-futbolchilar to‘p tepishmoqda».

«Bugungi o‘yinimizdan xursandman. Golgacha 10-15 daqiqa biz shiddatli o‘yin ko‘rsatdik va gol urishimiz lozim edi».

««Chelsi» – himoyada tartibli o‘ynaydigan juda yaxshi raqib. Ular ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishadi. Hozir qarshi hujum va standartlardan unumli foydalanadigan himoyaviy jamoalar chempionlikka erishishadi. Shu sababli ular peshqadamlikni boy berishlari juda qiyin masala. Ammo futbol, bu futbol», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.