Янгиликлар /

Mata: Ajoyib bo'lim bo'ldi

Мақола нашр қилинди

«Uotford» ga qarshi uchrashuvning (2:0) birinchi gol muallifi Xuan Mata jamoaning birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yini o‘ziga xos na’muna bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

«Birinchi bo‘lim bu joriy mavsumdagi bizning eng yaxshi bo‘limlarimizdan biri bo‘ldi. Biz uchrashuv boshidan yuqori tempda va to‘pni nazoratga olish kearkligni bilardik. O‘ylashimcha, bunday uchrashuvni tomosha qilish yoqimli unda ishtirok etish esa bundanda yaxshi».

«Men Antoni [Marsyal] uchun xursandman, u bir necha og‘ir xaftani o‘tkazdi, lekin doim jiddiy mashg‘ulotlarda ish olib bordi. U jamoaga ko‘p narsa bera oladigan ajoyib do‘st va ajoyib o‘yinchi. Endilikda u yanada o‘zini namoyish qilish uchun ishonchga ega bo‘ldi».Mata shuningdek golni nishonlayotganda nima sababdan butsasini qo‘liga olganini ham aytib o‘tdi.«Mening butsam gol urayotgan vaziyatimda biroz yechilib ketdi, golni nishonlashga ketyotganimda esa umuman yechilib ketdi va shu sabab uni qo‘limga oldim. Lekin o‘ylashimcha, bu Adidas reklmasi uchun yomon bo‘lmadi», — deya hazil qildi Xuan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.