Янгиликлар /

Mourino: Karrik va Runida kichik muammo bor

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen» ga qarshi o‘yindan oldin «Yunayted» ning bugungi holati haqida ma’lumot berib o‘tdi.

«Karrik va Runida kichik muammo bor. – Men ataylab «jarohat» xaqida aytmadim, chunki buni jarohat deb bo‘lmaydi. Ularni nimadir bezovta qilmoqda, shu sababli maydonga tushishlari noaniq. Roxo to‘liq tiklanib ulgurdi. Biz ehtiyotkorlik sababli uni dam olish kungi o‘yinlarga kiritmagan edik, xozir u to‘liq maydonga tushish uchun tayyor».

«Fil Jons jarohatdan so‘ng to‘liq tiklanib bormoqda, «Sent-Etyen» gaqarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Lyuk Shou ham sog‘lomlekin u ham ertaga maydonga tushmaydi. Sababi jamoa yaxshi o‘ynamoqda va himoyadagi to‘rtlikning o‘yinidan ko‘nglim to‘q.shunday ekan ertaga Valensiya, Bayi, Smolling va Blind maydonga tushadi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.