«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi «Sent-Etyen»ga qarshi o‘yinda kimga og‘ir bo‘lishini aytib o‘tdi.
Mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogba o‘z akasi Florentenga qarshi o‘ynaydi.
«Ha, biz Pol bilan bu borada gaplashdik. Menimcha bu taqdir. Bu vaziyatda eng qiyini Pogbaning onasiga bo‘ladi. Bu yerda tanlov yo‘q. Polning aytishicha onasi birinchi o‘yinda durang bo‘lishini istamoqda. Biroq javob bahsida baribir qaysidir farzandi xafa bo‘ladi. Shu bois bu faqat onasi uchun qiyin».
«Aka-ukalar esa bir-birlariga qarshi o‘yindan zavq olishadi. Pol o‘yinni kutmoqda, Florenten ham shunday bo‘lsa kerak», — deydi Mourino.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.