Янгиликлар /

Mourino: De Xea va Valaensiya dam oldi

Мақола нашр қилинди

«Blekbern» ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etgan Joze Mourino jamoaning holati borasida gapirib o‘tdi.

«David De Xea dam oldi, Antonio Valensiya ham dam oldi, Runi jarohat olgan, Jonsda ham jarohat bor, men o‘ylaymanki ular «Sent-Etyen» ga qarshi uchrashuvgacha tiklana olishmaydi. Runi ham Jons ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmayapti, shunday ekan ular tayyor emas. Runi Liga Kubogi finalida ishtirok etaishi mumkinmi? Men bilmayman», — deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joze futbolchilar Runi va Karrikda kichki muammo borligini aytgan edi, buni jarohat ham deb bo‘lmasligini takidlagan. Shunday bo‘lishiga qaramay Ueyn maydonga tushmadi Karrik esa «Blekbern» ga qarshi 90 daqiqa to‘p surdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.