Янгиликлар /

Mata: Bizni ajoyib uchrashuv kutmoqda

Мақола нашр қилинди

Angliya Kubogi ¼ finali qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ro‘baro kelishdi. Xuan Mata ushbu to‘qnashuv borasida quyidagilarni aytib o‘tdi.

«Biz «Ivud Park» dan qaytayotganimizda ijtimoiy tarmoqlarda Angliya Kubogidagi navbatdagi raqimiz «Chelsi» bo‘lganini o‘qidik. Ortiqcha so‘zsiz aytishim kerakki ushbu uchrashuv men uchun alohida ahamiyatga o‘yinlardan biridir. Bu so‘zsiz, juda og‘ir qur’a bo‘ldi, umid qilamanki biz u yerga «Uembli» da ajoyib o‘yinni o‘tkazib yuqori motivatsiyada boramiz va so‘ngi «Stemford Bridj» ga tashrifimizdagi yoqimsiz hislarni unitish uchun xarakat qilamiz».

Mata shuningdek Yevropa Ligasi doirasidagi dastlabki o‘yinda «Sent-Etyen» ustidan qozonilgan g‘alaba kelgusi bosqichga chiqish uchun yetarli emasligini aytib o‘tdi.

«Agar biz keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qildik desak, bu xato bo‘ladi. Agar sen barcha musobaqalarga jiddiy yondasha olsangina unda yuqori marralarga erishish mumikn bo‘ladi. Jamoa shunday yo‘lni tallaganligini ko‘rsatmoqda. Biz mavsumning hal qiluvchi bo‘limida jiddiy kurash olib borib bir necha musobaqalarda g‘olib bo‘lmoqchimiz».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.