Янгиликлар /

Runi mashg‘ulotlarga qaytdi

Мақола нашр қилинди

Ueyn Runi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. «Yunayted» sardori Yevropa Ligasi doirasida «Sent-Etyen»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan jurnalistlar uchun o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Jamoaning 10 nafar a’zosi Runi, Darmian, Smolling, Roxo, Yang, Karrik, Marsyal, Lingard, Mxitaryan va Reshford boshqa futbolchilardan alohida tarzda mashg‘ulot o‘tkazishdi.

«Blekbern» ga qarshi uchrashuvda dam olgan David De Xea ham bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Maydonda faqatgina jarohati sababli Fil Jons ko‘rinmagan bo‘lsa, sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani bois Yevropa Ligasini o‘tkazib yuboradigan Ander Errera ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.