Янгиликлар /

Jamoa Londonda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi Angliya Liga Kubogi finalida ishtirok etish uchun Londonga yo‘l olishdi va jamoa Stokporta stansiyasida poyezdga chiqishdi. Bu xaqida Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Joze Mourino o‘zi bilan «Uembli» ga 21 nafar futbolchini olib ketgan. Bu fubolchilar orasida jamoa sardori Ueyna Runi, hamda himoyachilar Lyuk Shou va Fil Jons ham o‘rin olgan.

Jamoa bilan Xuan Mata birga yo‘l olmagan, xabarlarga ko‘ra u bobosining xotira marosimida ishtirok etib keyin jamoa safiga qo‘shiladi.

Londonga yo‘l olgan tarkib quyidagi ko‘rinishda ko‘rinishda:

Darvozabonlar: David De Xea, Serxio Romero;

Himoyachilar: Lyuk Shou, Kris Smolling, Deyli Blind, Fil Jons, Markos Roxo, Erik Bayi, Eshli Yang, Matteo Darmian, Timoti Fosu-Mensa

Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Maykl Karrik, Djessi Lingard, Bastian Shvaynshtayger, Ander Errera, Maruan Fellayni;

Hujumchilar: Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Markus Reshford, Antoni Marsyal.

Londonda esa kamera obyektivlariga Antonio Valensiya, Din Xenderson va jarohat olgan futbolchilar Genrix Mxitaryan, Joel Pereyra ham tushib qolishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.