Янгиликлар /

Pogba & Ibragimovich

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» futbol klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya liga kubogi finalidagi «Sauthempton» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi bellashuvdan so‘ng uchrashuvda dubl qayd etgan forvard Zlatan Ibragimovich bilan birgalikda intervyu berdi.

«Bu jamoa uchun juda muhim g‘alaba. Men juda xursandman. Ibrahimovichni mana nima uchun xarid qildik! U o‘ta muhim o‘yinlarda maydonda bor imkoniyati va iste’dodini ko‘rsatadi», — dedi Pogba bahsdan so‘ng.

«Meni xarid qilishdi? Men bepul o‘tdim, seni esa sotib olishdi», — deya hazil bilan javob qaytargan Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.