Янгиликлар /

M.E.N: «Yunayted» yozda «Barselona» bilan o‘ynaydi

Мақола нашр қилинди

Manchester Evening News nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» va «Barselona» o‘zaro yozda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borishmoqda.

Uchrashuvning tahminiy sanasi 25 iyul kuni MFL ishtirokchisi «Vashington Redskinz» stadioni bo‘lmish FedExField da o‘tkazilishi rejalashtirlmoqda.

Lekin hozirgacha ham «Yunayted» kelasi mavsumga tayyorgarlikni AQSh da ko‘rishi borasida rasmiy qaror qabul qilinmagan. Shunga qaramay Mourino boshqaruvidagi jamoa katta ishonch bilan amerikada tashkilashtiradigan Halqaro Chempionlar Kubogi musobaqasida ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq «Yunayted» yozda «Manchester Siti» bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan edi, jamoaning uchinchi raqibi esa haligacha noma’lum, bu jamoa «Real» va «Yuventus» bo‘lishi mumkin.

Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining Amerikada bo‘ladigan qismi o‘yinlar jadvali 21 mart Nyu-Yorkda e’lon qilinadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.