Янгиликлар /

Mourino: Zlatan Angliyada uzoq vaqt qoladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovichning jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishini istamoqda.

«Ibragimovich bir marta men boshqargan jamoani tark etishga qaror qilganida, uning fikriga qarshi bormagandim».

«Agar u hozir ham ketishni istasa, unga qarshilik ko‘rsatmayman, lekin «Manchester Yunayted» muxlislari uning boshqa jamoaga ketmasligi uchun  uyi devorlari atrofida tunni o‘tkazishga tayyor turishibdi. O‘ylaymanki, Zlatan Angliyada uzoq vaqt qoladi», — deydi Mourino The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Zlatanning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 35-yoshli hujumchi «MYu» tarkibida dubl qayd etib, jamoasini Angliya Liga kuboki musobaqasi bosh sovrinini qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.