Янгиликлар /

Fellayni: Zlatanga minnatdorchilik bildirishimiz kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichga yuqori baho berdi.

«Biz Zlatanga minnatdorchilik bildirishimiz kerak, chunki u doimo kerakli payt kerakli joyda paydo bo‘lmoqda. U gollar uryapti. Zlatan muhim futbolchi. U irodali, doimo g‘olib bo‘lishni istaydigan, mehnat qilishdan to‘xtamaydigan buyuk o‘yinchi. Bu mashg‘ulot jarayonida ham ko‘rinib turadi. Uchrashuvlar davomida u birinchi bo‘lib g‘olib bo‘lishni istaydi. Zlatanning xohishi jamoaga ijobiy ta’sir qiladi».

«Ibragimovich menga ishonch bag‘ishladi. U meni og‘ir vaqtlarda qo‘llab turdi. Zlatan — turli joylarda ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritgan g‘olib. Uning gaplariga quloq solaman» — deydi Fellayni.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.