Янгиликлар /

«Yunayted» va «Barselona» afsonalri uchrashadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» va «Barselona» afsonalaridan iborat jamoalar «Kamp Nou» da hayriya o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Uchrashuv joriy yilning 30 iyunda bo‘lib o‘tadi, o‘yin tashkilotchisi kataloniya xayriya fondi.  

Ushbu uchrashuvning javob uchrashuvi esa 2017 yil 2 sentyabr kuni «Old Trafford» da o‘tishi rejalashtirilgan.

«Barselona» afsonalari tarkibida Xristo Stoichkov, Vitor Bayya, Edmilson, Ronald De Bur, Gaiska Mendeta va boshqa bir qator mashhur futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda .

«Yunayted» afsonalariga Brayan Robson murabbiylik qiladi va jamoa tarkibida Pol Skoulz, Duayt York, Edvin van der Sar, Yap Stam, Denis Irvin, Fil Nevill, Endi Koul va boshqa bir qator sobiq futbolchilar to‘p surishi aytilmoqda. 

Uchrashuvga chiptalarni ushbu manzildan xarid qilish mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.