Янгиликлар /

Ibragimovich jamoada yana tengsiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So‘rovnoma klub rasmiy saytida o‘tkazildi. Unga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi 79% ovoz to‘pladi hamda jamoadoshlari Genrix Mxitaryan va Pol Pogbani ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Zlatan Ibrahimovich yetti o‘yinda 7 ta gol urdi. Unin «Sautgempton» darvozasiga kiritgan dubli «MYU» ga Angliya Liga Kubogini olib keldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.