Янгиликлар /

Zlatan 1,5 yilda adashdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich bugun «Bornmut» ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv (1:1)da 11 metrlik jarima zarbasini bajara olmadi.

35 yoshli shvesiyalik hujumchi so‘nggi marta 2015-yilning 22 sentyabrida Fransiya 1 ligasidan joy olgan PSJ — «Gengam» (3:0) uchrashuvida penaltini aniq amalga oshirolmagandi.

Zlatan 1,5 yil davomida 6 marta penalti urish imkoniga ega bo‘lgan, lekin ularning barchasi gol bilan yakunlangandi. Lekin bugungi o‘yinda Ibragimovichga omad kulib boqmadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.