Янгиликлар /

Kanchelskis: Bu futbol emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida «Rostov» bilan qayd etilgan durang (1:1)ni sharhlab o‘tdi.

 «O‘yin hech qanday taassurot qoldirmadi. Bunday maydonda hujumlarni buzish oson, yaratish esa juda qiyin. Futbol «tep-yugur» prinsipi asosida o‘tdi. Bu futbol emas».

«Ikki jamoa avvaliga to‘p bilan kurashishdi, keyin maydon bilan. Jahon chempionatiga qadar sifatli maydonga ega yaxshi stadionlar qurishadi deb umid qilaman».

«Manchesterda «Rostov»ga osonroq bo‘ladi. U yerda qarshi hujumlarni uyushtirish uchun yaxshi maydon bor. Bahs og‘ir o‘tadi, lekin rostovliklarda imkoniyat bor», — deydi Kanchelskis.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.