Янгиликлар /

Mourino: Bu kulgili emas

Мақола нашр қилинди

Yevropa Ligasining 1/8 final «Manchester Yunayted» va «Rostov» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvida (1:0) g‘ayritabiiy hodisa kuzatildi.

Mezbonlar ustozi Joze Mourino ikkinchi bo‘limda maydonda to‘p surayotgan himoyachi Markos Roxoga tanovul qilishi uchun banan uzatdi. Bu tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng Joze Mourino buni futbolchining o‘zi iltimos qilganini ta’kidladi:

«Agar hayotingizda bir marta bo‘lsa ham och qolgan bo‘lsangiz, organizmingiz nima talab qilayotganini bilishingiz lozim. Och qolgan odam asli kabi bo‘la olmaydi. Roxoning o‘zi shuni so‘radi. Bu kulgili emas. Bu futbolchiga nisbatan hurmat».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.