«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola AQShda bo‘lib «Los-Andjeles Gelaksi» vakillari bilan uchrashdi.
Ibragimovichning mankunianliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi, shu bois forvard ayni paytdayoq boshqa klublar bilan muzokara o‘tkaza oladi. «Los-Andjeles Gelaksi»dan tashqari Zlatanga Xitoy klubi yiliga 30 mln evro taklif qilmoqda. «Manchester Yunayted» esa Zlatanni yana bir mavsumga olib qolmoqchi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.