Angliya Futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» jamoasiga «Chelsi»ga qarshi Kubok uchrashuvida futbolchilar tomonidan ko‘rsatilgan nojo‘ya xarakatlar uchun ayblov e’lon qildi.
FA xabarida aytilishicha uchrashuvning 35-daqiqasida Ander Errera maydondan chetlatilgan vaziyatda sodir bo‘lgan holat yuzasidan ayblov berilgan.
«Yunayted» dan 17 mart kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 ga qadar izoh berish talab qilingan.
Shuningdek Futbol assotsiatsiyasi Markos Roxoning raqib futbolchisi Eden Azaraga qilgan qo‘polligi borasida hech qanday ayblov olib bormasligini ham aytib o‘tgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.