Янгиликлар /

Roy Xodjson: Aleks meni bu uchun kechiradi

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson uning «ManchesterYunayted»dagi kasbdoshi ser Aleks Fergyuson unga hujumchi Ueyn Runini Braziliyagaqarshi butun 90 daqiqa davomida maydonga tushishiga ruxsat berganini bildirdi.

Ueyn «Uembli»dachorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi, bu o‘yinda angliyaliklarbraziliyaliklar ustidan so‘nggi 23 yildagi birinchi g‘alabani tantana qilishdi,Runi bo‘lsa bu o‘yinda gol urdi va bitta golga assistentlik qildi (2:1).

Bir vaqtningo‘zida, kelasi hafta Runi o‘z klubi bilan Chempionlar ligasi doirasida «Real»gaqarshi Madridda muhim o‘yinda maydonga tushishi kerak. Shunga qaramay, Xodjson FergyusondanUeyndan maydonda maksimum tarzda foydalanishga ruxsat olgan.

«Men doimo klublarmurabbiylari bilan gaplshib kelganman, ayniqsa ko‘p futbolchilari terma jamoa ixtiyorigaketadiganlari bilan. Men ularni shogirdlarini qay tarzda maydonda ishlatmoqchi ekanim,yoki boshqa rejalar bilan tanishtiraman».

«Aleks bilangaplashganimda, u Ueyn jarohatdan endi qaytganini, va o‘yin amaliyoti unga foydabo‘lishini bildirdi – huddi shu fikrni u Smolling borasida ham aytdi».

«U ko‘proq Kleverliva Uelbekning holatidan havotirda edi, ular juda ko‘p uchrashuvlar o‘tkazishdi,oldinda ham ularni nafaqat «Real»ga qarshi, balki ichki chempionatlarda ham qiyino‘yinlar kutmoqda.

«Balkim menUelbekni 15 daqiqa ko‘proq maydonda ushglab turgandurman, Biroq umid qilamanki,Aleks meni bu uchun kechiradi», — deydi Xodjson

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.