«MYU» ustozi ser Aleks Fergyuson o‘z shogirdlari bilan Angliya premer ligasida 20-chempionlikni qo‘lga kiritishni mo‘ljallayapti.
«Futbolchilar chempionlik tituli uchun yo‘limiz ochiq ekanini tushunishdi deb o‘ylayman. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega, bungdan tashqari Angliya kubogi hamda Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz zarur», — deydi ser Aleks.
«Har bir uchrashuvda ideal tarkib bilan o‘ynash juda muhim. Albatta bu men va murabiylar shtabiga bog‘liq vazifa».
«Futbochilar kerakli natija uchun oxirigacha kurash olib borishlarini isbotlashdi. Ammo «Tottenxem» bilan uchrashuvlarda bo‘lgani kabi so‘nggi daqiqalarda omadimiz kelmagan o‘yinlar ham bo‘ldi. Shunga qaramay jamoa g‘albalarga chanqoq va bu eng kerakli sifatlardan biri», — deya Fergyuson so‘zlarini kletiradi Sky Sports nashri.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.