Янгиликлар /

Manchini: Bu kechirib bo‘lmas xatolar

Мақола нашр қилинди

«ManchesterSiti» jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘z jamoasining APL 26-turi doirasidagi«Sautgempton»ga qarshi uchrashuvdagi (1:3) harakatlarini qoraladi.

«Biz haqiqatdanyomon o‘yin o‘tkazdik, «Sautgempton» bizdan kuchliroq edi. Men jamoamizning hechqachon bunday ahmoqona ikki gol o‘tkazib yuborganini ko‘rmagan edim. «ManchesterSiti»dek klub, bunday gollar o‘tkazishiga ishonish qiyin. Bu kechirib bo‘lmas xatolaredi.

O‘yin juda yomonedi. Ikki-uch futbolchilarimizgina o‘z saviyalarida o‘ynashdi. Uch kishi bo‘libo‘n bir kishiga qarshi chiqish qiyin bo‘ldi.

O‘z futbolchilarimharakatlaridan hayron qoldim. Bungun yomon o‘ynaganimizdan juda jahlim chiqdi. Ha,futbolchilar terma jamoalarga ketishdi, ba’zilar faqat juma kuni qaytib kelishdi,bugun o‘ynash ularga qiyin bo‘ldi. Biroq bu bizning professional saviyamizdagi jamoagabahona bo‘lishi kerak emas.

Endi chempionatniyutishimiz qiyin bo‘ladi. Men doimo barcha imkoniyatlarga ishonch bilan qaraganman,hozirda ham shundayman, biroq vaziyat qiyin.

Endi bizning chempionlik uchun imkoniyatimiz – 10 foiz.«Manchester Yunayted» 12 ochkolik ustunlikka erishsa, bizga birinchi o‘rinni beribqo‘ymaydi», – deydi Manchini
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.