Янгиликлар /

Ernandes: David top-klass darvozabon

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted»ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes o‘z jamoadoshi David de Xeaniqo‘llab-quvvatlamoqda. Uning fikricha 22 yoshli golkiperning «Real» bilan ChempionlarLigasi uchrashuvida o‘zini ko‘rsatgani, tanqidlar sonini ancha kamaytirgan.

«Futbolni yaxshitushunadigan kishilar, Davidning — top-klassdagi darvozabonligini yaxshi bilishadi.Shuning uchun ham «Manchester Yunayted» uni sotib olgan. Klub uning kelajagi porloqekanini yaxshi tushungan. Agar de Xea «Manchester Yunayted» darajasiga mos bo‘lmaganidau bu yerga kelmagan bo‘lardi.

Men uni kuchli golkiper deb hisoblayman. «Real» bilano‘tgan o‘yinda uning qanday seyvlarni amalga oshirganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Uoyoqlari bilan ham yaxshi o‘ynay oladi, bu esa darvozabon uchun juda muhim sifat.Kimdir uning standart vaziyatlar paytida darvozadan chiqishda xatoliklarga yo‘lqo‘yishini gapirayotgandir, lekin menimcha David bir yoki ikki yilda dunyoning engkuchli darvozaboniga aylana oladi», — deydi Ernandes
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.