«PSJ» klubi yarim himoyachisi Devid Bekxem Chempionlar ligasi doirasida «MYU» va «Real» o‘rtasida bo‘ladigan o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu juda ajoyib o‘yin bo‘ladi. Manchesterga ilk bor qaytayotgan Krishtianu uchun esa juda boshqacha ahamiyat kasb etishi muqarrar.
«Yunayted» uning yuragida alohida o‘rin tutadi. Muxlislar uni yaxshi ko‘radilar. Avval o‘ynagan stadionga qaytish har doim yoqimli. Bu holat Krishtianuga ilhom bag‘ishlaydi.
«MYU» Madridda juda yaxshi o‘ynadi. Bizni buyuk o‘yin kutib turibdi. Maydonda kuchli tarkibga ega bo‘lgan ikki buyuk klub to‘qnash keladi», deydi Bekxem
Янгиликлар /
BEKS: Ronaldu uchun boshqacha oqshom bo‘ladi
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.