Янгиликлар /

Nike «MYU»ga yordam beradi

Мақола нашр қилинди

Juma kuni «Manchester Yunayted» klubi vakillari Nike kompaniyasi vakillaribilan uchrashishdi va bu uchrashuvning asosiy maqsadi Krishtianu Ronalduning Manchestergaqaytarilishi bo‘ldi.

Ronaldu Madridning «Real» klubini tark etishi va «Yunayted»ga qaytishi haqidagixabarlar bir necha oydan beri yuribdi, biroq ser Aleks Fergyuson bu transfer uningjamoasini moliyaviy taraflama qiynab qo‘yishini aytgan edi.

Biroq vaziyatdan chiqish yo‘li topildi chog‘i. «Qizil iblislar»ning hamkori,ularni kiyim-kechak bilan ta’minlovchi Nike kompaniyasi Ronalduni sotib olishdamoliyaviy harajatlarni o‘z bo‘yniga olishga rozi bo‘ldi.

Daily Mail nashri berganxabarlarga ko‘ra, juma kuni Londonda tomonlar moliyaviy taraflama ba’zi hujjatlargaimzo chekishgan, biroq to‘liq ma’lumotlar hali aniq emas.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.