Янгиликлар /

Manchini: Yomon xabar

Мақола нашр қилинди

Roberto Manchini «Yunayted»ningChempionlar ligasidan chiqib ketgani uning jamoasini 12 ochkolik fraqni yo‘qqa chiqarishidayanada qiyinchilik uyg‘otishini bildirishini ta’kidladi.

«Manchester Siti» birdaniga uchta frontda to‘p surgan holda ser Aleks shogirdlario‘z ichki chempionatlarida ochko yo‘qotishlariga umid bog‘lashgan edi. «Bu biz uchunyomon xabar, endi ular bor kuchlarini ichki chempionatga qaratishadi. O‘ylashimcha,biz uchun «Yunayted» Chempionlar ligasida o‘ynashni davom ettirgani yaxshi edi.Ular har uch kunda o‘yin o‘tkazar, bu esa ularga qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lar edi»,- deydi Manchini.

Italiyalik mutaxassis Yevropa arenalaridan chiqib ketish, «Yunayted»ga yomonta’sir qilishiga umid qilishini aytdi: «Bu mag‘lubiyat ularning o‘z kuchlariga bo‘lganishonchlarini yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi degan umiddamiz. Ba’zida shunday bo‘ladi,biroq bu mavsum «Yunayted» juda kuchli. Bizning asosiy maqsadimiz qolgan barchauchrashuvlarda g‘alaba qozonish. Biz shu ustida ishlaymiz».

So‘nggi kunlarda Ueyn Runi «Yunayted»ni tark etishihaqidagi xabarlar tarqalgan edi. U uchun asosiy nomzod etib «Siti» e’tirof etilgandi.Manchini bo‘lsa angliyalik hujumchi transfrini rad etdi: «Ueyn Runi Yevropadagi eng yaxshi hujumchilardan. Biroq menu «Yunayted»ni tark etadi deb o‘ylamayman. U so‘nggi uchrashuvda asosiy tarkibdamaydonga tushmaganini tushunsa bo‘ladi. Biroq bunday holat barcha klubda ham sodirbo‘ladi. Aminmanki, keyingi o‘yindan keyin barcha gap so‘zlar tamom bo‘ladi»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.