Angliyalik himoyachimizningso‘zlariga ko‘ra, xalqaro uchrashuvlar «Yunayted»ning ichki chempionatdagi ishlarigayomon ta’sir o‘tkazmasligi kerak.
«Yunayted»ning ko‘plab futbolchilari o‘z terma jamoalari safiga yuborilishdi.Ular qaytib kelishi bilanoq jamoamiz «Sanderlend» bilan shanba kuni va «Chelsi»bilan 48 soat o‘tgach o‘ynashi kerak. «Hozirda biz musobaqa jadvalida juda yaxshiholatda turibmiz. Biroq futbolchilarni terma jamoada o‘yinlar kutmoqda, biz klubgayaxshi kayfiyatda qaytishimiz lozim, ahir bizni «Sanderlend» va «Chelsi» bilan muhimuchrashuvlar kutmoqda», — deydi Kris Smolling.
Himoyachimiz Angliya chempionatidagi g‘alaba o‘tgan mavsumdagi omadsizlikdan so‘ng asosiy maqsadekanini aytdi: «Raqiblar bilan o‘rtamizda fraqni saqlab qolish bu biz uchun eng muhim holat. Hozirda biz xotirjamlikkaberilmasligimiz lozim. O‘z ishimizni mavsum so‘nggigacha muvaffaqiyatli bajarishimizgaishonch hosid qilmog‘imiz lozim»
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.