Ser Aleksning ta’kidlashicha, terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketgan ba’zifutbolchilar Angliyaga o‘z shaxsiy samalyotlarida qaytishadi.
Shotlandiyalik mutaxassis futbolchilarning charchoqqa uchramagani mavsumning so‘nggi qismida eng asosiy ahamiyatgaega ekanini aytdi. Aynan shu sabab klub o‘zgacha qarorlar ham chiqarib turadi:«Futbolchilarning o‘yinga charchoqsiz yetib kelishlari mavsumning bu qismida juda muhim ahamiyat kasbetadi. Juda muhim o‘yinlar yuqori haroratda o‘tadi. Aytish joizki, ba’zi o‘yinchilarimizshaxsiy samoletlarida Angliyaga qaytishadi. Bu orqali biz ularni juda tez ixtiyorimizgayetkabi kela olamiz», — deydi ser Aleks.
«Charchoq bu jamoa dushmani. Biroqmaydonga bahsga chanqoq futbolchilar tushishlari uchun qo‘limizdan kelgan barchaishni qilamiz. Shaxsiy samoletlar klubga katta pulga tushadi, biroq biz bunday qadamqo‘yishga majburmiz. Bu juda katta muammo, ahir Chicharito va Sindzi Kagava judakatta masofaga uchishlariga to‘g‘ri keladi. Aleks Byuttner, Rafael, Rayan Giggz,Nemanya Vidich, Anderson kabi terma jamoaga chaqiirilmagan futbolchilar ham klubningnavbatdagi o‘yinlarida muhim rol o‘ynashadi. Pol Skoulz mashg‘ulotlarga qo‘shilganidanham juda mamnunman».
«Men asosiy tarkibtanlashda qiynalmoqdaman. Maydonga eng yaxshi tarkibni tushirishni xojati yo‘q.Muhim holat charchoq yo‘qligi»
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.