Янгиликлар /

SAF APLni rekord ochko bilan yutmoqchi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson bu mavsum Premer-Ligada ochkoyig‘ish bo‘yicha chempionat tarixida rekord qo‘yish orzusida ekanini ta’kidladi.

Ayni damda buko‘rsatgich «Chelsi»ga tegishli bo‘lib ular95 ochko bilan 2004/05 mavsumda Premer-Liga g‘olibligiga ega bo‘lishgan.

Hozirda «Yunayted»chempionlik tomon ishonch bilan qadam tashlamoqda va agarda ser Aleks shogirdlariqolgan barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsalar, naq 101 ochko yig‘ishadi. «Chelsi»rekordini takrorlash uchun bo‘lsa, «Qizil iblislar» yana yettita g‘alabaga erishishlarilozim.

«95 ochkolik rekord natija»Chelsi»ga tegishli. Agardabiz 95 ochko yig‘sak, meni juda ko‘nglim to‘ladi. Bu fantastik mavsum bo‘lgan bo‘laredi. Agarda biz buni uddalasak, biz albatta chempionlikni rasmiylashtiramiz», -deydi Fergyuson
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.