Янгиликлар /

The Daily Mail: Runi ketishni xoxlamayapti

Мақола нашр қилинди

The Daily Mailning yozishicha Ueyn Runi «Old Trafford»nitark etmoqchi emas va Angliya chempionati lideri bilan yangi shartnomaimzolamoqchi.

So‘nggi kunlarda matbuot nashrlari «MYU» hujumchisiganavbatdagi hujumni uyushtirishgan va Parij klubining sobiq konsultanti MishulMullin fransuz televideniyasining birida efirda Runi bo‘yicha barcha savollarhal bo‘lgan deya aytib o‘tgan ekan.

Ammo yuqoridagi nashr Runiga yaqin do‘stlari berganmaʼlumotga ko‘ra Ueyn Fransiyaga yo‘l olmoqchi emasligi va hozirgi vaqtdaAngliyaning 19 karra chempioni bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yichamuzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda ekanligi aytib o‘tilgan.

The Daily Mail bergan maʼlumotga ko‘ra Ueyn Runi yangi vauzoq muddatli shartnomasiga tez orada imzo chekadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.