Янгиликлар /

van Persi: o‘zimizni yengil his qildik

Мақола нашр қилинди

Robin Van Persi «Stok Siti»ga qarshi o‘yinning ikkinchitaymida penaltidan gol kiritdi va uzoq davom etgan golsiz quruq seriyasiga chekqo‘ydi. Bu gol ahamiyati shunda ediki RvP ushbu goli bilan «MYU»ning APLda bir mavsumda 20 ta golkiritgan 7 futbolchiga aylandi.

«Bu o‘yinning eng kerakli vaqti edi, to‘p darvoza to‘riga borib tushgandan so‘ng, biz o‘tgan og‘ir haftalardan so‘ng o‘zimizni yengil his qildik» — SkySports van Persi so‘zlaridan parcha keltirmoqda.

«Men bugolni sheriklarim va klubning xar bir aʼzosi bilan nishonlagim keldi, chunkiular klubga kelgan dastlabki kunimdanoq meni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Yigitlar,zahirada o‘tirgan yigitlar, menga omadsiz vaqtlarda, qiyin hollarda doim yordamberib turishdi. Ayni shuninguchun ham hursandchiligimni ularning xar biri bilan baham ko‘rgim keldi.»

Ueyn Runiyarim himoyachi chizig‘ida harakat qildi va van Persining gol urishiga munosibhissasini qo‘shdi. Ueyn ushbu goldan juda hursandligini aytib o‘tdi.

«Xar bir futbolchida golsiz vaqt bo‘ladi. Robin esa o‘z ustida zo‘r berib ishlashni to‘xtatmadi, u uzoq kutilgangolni bugun urdi va bundan juda baxtiyor. Men uni mavsum davomida yana gollarkiritishiga ishonaman va bu biz uchun juda kerak bo‘ladi.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.