Янгиликлар /

Bobby Charlton: SAFni ketish vaqtini bilmaymiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» direktorlar kengashi aʼzosi afsonaviy Ser Bobby Charlton Ser Aleks Fergusonning jamoadagi kelajagi haqida hech narsa deya olmasligini aytib o‘tdi. «Ser Aleks o‘rniga murabbiy izlash bu bekorga vaqt ketkazish. Biz uning o‘rniga kim kelishini ayta olmaymiz. U hozir ketadimi yoki 10 yildan so‘ng buni bilib bo‘lmaydi. Biz uning qarorini kutamiz, unga nima qilishi kerakligini ayta olmaymiz.» Ser Ueyn Runining «Yunayted»dagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishi va u o‘rnatgan rekordni zabt etishiga ishonayotganini aytib o‘tdi. «Runi haqiqiy iqtidor egasi. Ueyn Ser Aleks uchun birinchi raqam. Unga har bir o‘yinda ishonch beradi. Runi mening rekordimni zabt etishiga ishonaman. Bu uchun unda barcha narsa bor.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.