Янгиликлар /

Uelbek: Bu mavsumdan men katta tajriba oldim

Мақола нашр қилинди

Denni Uelbek bu mavsumda hujumning barcha frontlarida o‘ynab ajoyib tajriba olganini aytib o‘tdi. Yevro-2012 da Angliya terma jamoasi tarkibida munosib qatnashganidan so‘ng, u klubning bir necha o‘yinlarida noodatiy pozitsiyalarda to‘p surdi. Denni Uelbek bu u uchun juda foydali bo‘lganini aytib o‘tdi: «Yevropa chempionati men uchun, shaxsiy faoliyatimda, juda muvaffaqqiyatli bo‘ldi, menda o‘z kuchimga ishonch paydo qildi. Bu mavsumda men uchun noodatiy bo‘lgan chiziqlarda to‘p surdim, biroq bu menga o‘z sheriklarimni yaxshi his etishga yordam berdi. Men hozir bir harakatni juda xoxlayapman — bu gollar urish», Denni Uelbek so‘zlaridan parcha keltirmoqda manutd.com. Hujumchi madridning «Reali» bilan bo‘lib o‘tgan baxs haqida fikrini bildirib o‘tdi: «Bu klub va shaxsan men uchun katta kun edi. Murabbiylar o‘yinga g‘alabaga loyiq tarkib tanlashdi, o‘yin yakuni biz uchun juda xafali bo‘ldi. Biroq men u yerda o‘ynaganimdan va to‘p kiritganimdan g‘ururlanaman.» «Men katta o‘yinlarda qatnashishni, o‘z faoliyatimda yuksalishni va faqat yuqoriga intilishni xoxlayman.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.