Янгиликлар /

Jons: Biz ruhimizni tushirmasligimiz kerak

Мақола нашр қилинди

«o‘yindan so‘ng kiyinish honasida barcha natijadan xafa edi, bu o‘yinda emas, mag‘lubiyatga uchragan barcha o‘yinlardan so‘ng shunday bo‘ladi, — Jons MUTVga intervyusida. — Biz ruhiyatimizni tushirmasligimiz kerak, jamoamiz hamon juda yaxshi holatda turibdi. Xa, unvon uchun jang tugagani yo‘q, ammo bizda yaxshigina ustunlik bor. «Stok»ga qarshi o‘yinda Premyer Ligadagi g‘alabali o‘yinimizni va titul sari davom etishimizga umid qilamiz.» Jons «Siti»ga qarshi o‘yinda rekoshetdan gol kiritdi va unga goli haqida berilgan savolga javob berdi: «To‘grisi buning unchalik ahamiyati yo‘q. Agar biz g‘alaba qozonmasak, bu menga kerak emas, gol urdimmi yo‘qmi.» «Biz bu mavsumda bir necha marta gol o‘tkazib yuborib, vaziyatni to‘grilay oldik, — so‘zida davom etdi Jons. — Bu holat kuchli raqibga qarshi o‘ynaganingda juda qiyin kechadi. Bunday holatga tushishni biz xoxlamaymiz, agar bunday bo‘lsa ham tezda o‘yinni qaytarib olishga harakat qilamiz.» ««Yunayted» bugungi o‘yinni g‘alabagacha olib borishi mumkin edi. Ammo ikkinchi to‘pni o‘tkazib yuborganimiz barchasini hal qildi. Baxs ochiq o‘yin bilan boshlandi va ikkala jamoa ham hujumkor o‘ynadi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ammo bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.