Янгиликлар /

Evra: «Stok»ni mag‘lub etishimiz kerak

Мақола нашр қилинди

Patris Evra «Stok Siti» ustidan g‘alaba qozonish, manchester derbisidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, juda kerakligini aytib o‘tdi. «Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonib chempionlik poygasini tugata olmaganimizdan juda xafa bo‘ldik, biz mag‘lubiyatga uchradik, — MUTVga intervyusida himoyachi. — «Yunayted» futbolchilari uchun «Siti»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat juda alamli bo‘ldi. Ikkinchi taymni birinchi taymdagidan yaxshiroq o‘tkazgandik, biz g‘alabamizga ishongan edik, birgina gol bizni o‘ldirdi. Kechagi oqshom juda omadsiz o‘tdi. 12 ochkolik farq bizni keyingi o‘yinda yanada g‘alaba qozonishimizga undaydi. Men klubdaligimda birin ketin ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizni eslolmayman. Shuning uchun keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak.» «Men jamoaning bu holatidan so‘ng, tirishqoqlik bilan ishlaymiz deb ayta olaman. Biz «Stok» bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimiz va «Yunayted» — Angliyaning eng yaxshi klubi ekanligini isbotlashimiz kerak.» «Stokga qarshi mehmonda o‘ynash doim qiyin kechadi, shuning uchun biz jangga tayyor turishimiz kerak. Biz o‘tgan mavsumda «Stok»dan uch ochko olib qochgandik, ammo kelayotgan o‘yinda bu oson bo‘lmaydi. Biz keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga urinib ko‘rishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim. Bu bilan yanada yaxshi holatga ega bo‘lamiz.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.