Янгиликлар /

Chicharito: G‘alaba - bosh maqsadimiz

Мақола нашр қилинди

Xavier Ernandez klub so‘nggi omadsizliklar haqida emas, balki «Stok»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish haqida o‘ylayotganini takidlab o‘tdi. Chicharito gol ura olmayotgani unga psihologik jihatdan taʼsir qilmayotgani va uning manfaatidan ko‘ra o‘zi uchun jamoaniki ustunroq ekanligini aytib o‘tdi. «Baʼzan sen ko‘p gol urasan, baʼzan ura olmaysan. Bu futbol. Mavsumning bir qismida biz juda ko‘plab to‘p kiritdik. Dekabrda biz minimum har bir o‘yinda ikkitadan gol urdik. Bizning jamoa juda ko‘plab gollik vaziyatlar yaratdi va ularni amalga oshirdi. Ammo biz uchun bosh maqsad — bu g‘alabalar. Biz hattoki g‘alaba uchun bir gol yetarli bo‘lsa ham hursand bo‘lamiz,» — deya manutd.comga Ernandez. «Biz faqat «Stok»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Bu o‘yin yakunlansa, bor eʼtiborimizni «Vest Xem» bilan bo‘ladigan baxsga qaratamiz. Xozir biz mashg‘ulotlarda qunt bilan ishlayapmiz, shuning uchun Ser Aleks maydonda bizdan ajoyib natija ko‘rishni xoxlaydi.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.