Янгиликлар /

Ser Aleks: Manchinini gaplari safsata

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergusonmanchester derbisidan so‘ng Roberto Manchining gaplariga munosabatini bildiribo‘tdi. «Manchester Siti» murabbiyi g‘alabadan so‘ng oraliqdagi ochkolar farqihaqida gapirib, «Yunayted» shaniga «qistirma gaplar»ni aytib o‘tgan edi.

«Birginaklub «Yunayted»ga qarshi o‘ynamaydi va bundan mag‘lubiyat daxshatli emasligiayon bo‘ladi, ular ham bu o‘yin qiyin bo‘lganini bilishadi,» — deya Ser MUTVgaintervyusida.

«Men uninggaplarini safsata deb o‘ylayman. Angliya Premyer Ligasi jahondagi enghaqqoniy chempionat va biz buni ko‘p yillardan beri isbotlab kelmoqdamiz. Ayniqsa,o‘yin oldidanoq muhlislar qo‘llab-quvvatlaydi va bu yerda barcha narsa bo‘lishimumkin, shu sababli angliya futbolining manzarasi mana shunday».

«Shunday ekan Manchining gaplari — shunchakibeʼmanigarchilik. U balki o‘zini oqlamoqchi bo‘lgandir, ammo bu ayni beʼmanigaplar. Agar bizning «Norvich» bilan o‘yinimizga qarasangiz, mehmonlar borkuchlari bilan qanday o‘ynaganini ko‘rasiz. Mana sizga yorqin misol. «Reding»gaqarshi o‘yinni eslang. Ularning dastlabki o‘ttiz daqiqadagi hujumlari gol bilanyakunlangandi. Men Rafael o‘rniga baland bo‘ylik Kris Smollingni qo‘ygandim.Chempionatdagi xar bir o‘yinda mutlaqo o‘zgacha raqibga duch kelasiz. Bundaynarsa boshqa hech bir chempionatda yo‘q».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.