Янгиликлар /

SAF: Bu juda odilona qaror

Мақола нашр қилинди

Oldinroq Angliya Futbol Asotsatsiyasi chempionatda kamida o‘nta o‘yin o‘tkazgan futbolchilarga medallar taqdim etilishi haqida qaror qabul qilgan edi, endi esa bunday qaror bekor qilindi va shotlandiyalik mutahassis bundan mamnun ekanligini aytib o‘tdi: «Xar bir futbolchi endi medal oladi. Premyer Liga o‘z qarorini o‘zgartirdi va endi medallar teng taqsimlanadi. Bu juda odilona qaror bo‘ldi. Masalan, Darren Fletcherni olaylik. Uning kasalligi, ko‘p o‘yinlar o‘tkazishiga halaqit berdi, oldingi qaror tufayli u medal ololmas edi,» — deya manutd.com sayti Ser Aleks so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda. «Yoki Aleks Byutner. U xar bir o‘yinda zahirada qayd etildi va barcha mashg‘ulotlarimizda ishtirok etdi. U bizning muvaffaqqiyatimizning bir qismi bo‘ldi. Zahira darvozaboni uchun o‘nta o‘yin o‘tkazish qiyin. Bizning asosiy darvozabonimiz David De Xea, ammo Anders Lindegard ham medalga munosib. Biz jamoamizning barcha aʼzosiga medal yetadi deb hisoblaymiz.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.