Янгиликлар /

Jons: Zavq bilan o‘ynashni o‘rgandim

Мақола нашр қилинди

Fil Jons bu mavsumni Angliya Premyer Ligani oltin medallari bilan yakunlaydi, ammo u jarohat sababli butun mavsum davomida o‘ynay olmaganidan xafa ekanligini aytib o‘tdi: «Jarohat tufayli mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborganim meni xafa qildi, — deya MUTVga himoyachi. — Ammo, omadim keldi va jarohatdan tiklandim va mavsumning katta qismida o‘ynay oldim. Men klub menga ishonch bildirganidan va mavsumning qolgan o‘ylinlarini yaxshi saviyada o‘tkazishimga yordam bergani uchun hursandman». Jons Angliya Kubogi «Reding»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu holatni esa Ferguson «ortiqcha jasurlik» deya nomladi. Himoyachi esa ushbu holatni aybi sifatida tan oldi. «Bu mening ahmoqligim, — deya so‘zida davom etarkan Jons. — Men hali ko‘p o‘rganishim va to‘gri kelgan joyda bunday qilmasligim kerakligini tushundim. Men shunchaki zavq bilan o‘ynashni o‘rgandim. Menga himoyachi bo‘lish yoqib qoldi. Jarohatlar — bu futbolning ajralmas bir qismi va bu mavsumda meni bu yerda ishim o‘ngidan kelmadi». «Men «Real»ga qarshi o‘yingacha tiklanishni juda xoxladim. Bu uchun barcha usullarni sinab ko‘rdim. Mahsus davolandim, massaj va bassenga qatnadim, mashg‘ulot zalida ishladim. Ammo men bu o‘yinga tiklanishni uddalay olmadim»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.