Янгиликлар /

Ser Aleks rasman klub bosh murabbiyligini yakunlaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman Ser Aleks Fergusonni mavsum yakuniga yetganidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimidan ketishini tasdiqladi. Ingliz futboli tarixidagi eng omadli murabbiy o‘z o‘rnini «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yindan so‘ng tark etadi va klub boshqaruvining aʼzosi bo‘lib qoladi. Ser Aleks qarori haqida aytib o‘tdi: «Men bu qarorim yuzasidan uzoq o‘ylandim va qabul qilishim oson bo‘lmadi. Vaqt keldi.» «Jamoani kuchli vaqtida tark etishim kerak edi va buni uddalay oldim deb umid qilaman. Hozirgi tarkibimiz bilan faqat chempion bo‘lish mumkin, bizning yosh yigitlarimiz yuqoriga intilishda davom etadi va ular muvaffaqqiyatga erisha olishadi. Bizning mashq maydonchamiz dunyo sportidagi eng qulay va zamonaviyidir, bizning uyimizni — «Old Trafford»ni — esa dunyoning eng yaxshisini barpo qilganimiz bejiz emas. Men direktorlar kengashidan bir o‘rinni band etsam hursand bo‘lar edim. Men intizorlik bilan buni kutaman, endi boshqa qiziqishlarga o‘zimni baxsh etaman. Oilamga rahmat aytishni xoxlayman, ularning sevgisi va qo‘llab-quvvatlashi men uchun juda muhim bo‘lgan. Mening ayolim Keti, eng vafodor yordamchim, u meni uzoq va barqaror faoliyat ko‘rsatishim uchun meni qo‘llab-quvvatlab turdi. Sobiq va hozirgi futbolchilarim yordamchilarimdan minnatdorman, ularning proffesanialligi va o‘z ishining fidoiyligi ko‘plab unvonlar yutishimizga yordam bergan. Ularsiz klubning tarixi bunday to‘lmas edi. «Yunayted»dagi dastlabki yillarimdayoq shahsan Ser Bobbi Charlton mening muvaffaqqiyat qozonishimga va yangi futbol jamoasi tuzishimga ko‘maklashib kelgan Gleyzerlar oilasi o‘n yil davomida klubda ishlashim uchun barcha boshqaruvni berib qo‘ydi. Men klub ijrochi direktori Devid Gilladan, menga ishonch berib turgani uchun hursandan. Muhlislarimizga tashakkur izhor etmoqchiman, ular meni har doim qo‘llab kelishdi va bu juda ajoyib va bebaho. Ular klub iftihori bo‘lganliklari uchun ham hurmat qilaman, ular mening «Manchester Yunayted»ni boshqarishim va g‘alabalarni qo‘lga kiritishimda bu unsunlar muhim bo‘ldi.»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.