Янгиликлар /

«MYU» Moyes bilan shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

"

Ser Aleks Fergyusonning iste’fosidanso‘ng, Liverpulning «Everton» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes «Manchester Yunayted»ningyangi boosh murabbiyiga aylanadi. U «MYU» bilan olti yillik shartnoma imzoladi.Moyes 2013 yilning 1 iyulidan «Manchester Yunayted»da ishga kirishadi. Bu haqdaklub rasmiy sayti<a href="«www.manutd.com/en/News-And-Features/Football-News/2013/May/manchester-united-appoints-new-manager-david-moyes.aspx»" target=""_blank"">xabar bermoqda

.

«MYu» rasmiy saytida qayd etilishicha, Moyesnibosh murabbiy etib tayinlashni Aleks Fergyuson tavsiya qilgan va klub direktorlarkengashi ushbu taklifni bir ovozdan ma’qullagan. Fergyusonning so‘zlariga ko‘ra,u 1988 yildayoq Moyesni «MYu»ga yordamchi murabbiy sifatida taklif qilgan, biroqo‘shanda Moyes mustaqil ishlashni ma’qul ko‘rgan.

50 yoshli Moyes, xuddi Fergyuson singari,shotlandiyalik hisoblanadi. 1998-2002 yillarda u «Preston Nort End» klubiga ustozlikqilgan, 2002 yildan esa «Everton» bosh murabbiyi hisoblanardi. «Everton» uning qo‘lostida hech bir musobaqada g‘olib chiqmagan bo‘lsa-da, Moyes uch marta Angliyaningeng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Fergyuson 2012/13 yilgi mavsum yakuni bo‘yicha«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqishi 8 may kuni ma’lumbo‘lgan edi. Fergyuson 26 yil davomida «MYU» bosh murabbiy sifatida ishlab, jamoabilan 13 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan va ikki marta Yevropa Chempionlarligasida g‘olib chiqqan edi.
Manba: Kun.uz

"
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.