«Yunayted» Avstraliyadagi yig‘in davomida safga boribqo‘shilgan gollandiyalik hujumchi Robinvan Persi birinchi mashg‘ulotlardan so‘ng o‘z taʼsurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Premier Liganing o‘tgan mavsumdagieng zo‘r to‘purari u uchun yangiliklar ko‘pligini ham taʼkidlab o‘tdi.
«Men jamoaga boshqalardan ko‘ra kechroq qo‘shildim. – Ha, bumening Devidom Moyes bilan birinchi tanishishim va yangi bosh murabbiy bilansuhbatlashdim. U meni xushmuomalalik bilan qarshi oldi hamda mashg‘ulotni hamyaxshi olib bordi».
«Endi hammasi biroz o‘zgacha, yangi chaqiriqlar, yangiinsonlar va ulardagi yangi g‘oyalar. Jamoadoshlarim tirishqoqlik bilanmashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar, bugungisi ham bunga misol. Hammasiniqaytatdan asosiy tarkibda boshlashlash juda qiziq. Men yangi sinovlargatayyorman»,- qo‘shimcha qildi van Persi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.