Янгиликлар /

«Manchester Yunayted» Avstraliyadan Yaponiyaga yetib keldi.

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» Avstraliya safarini yakunlab Yaponiyaga yetib keldi. Angliyachempionlari bu yerda mavsum oldi tayyorgarlik doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.YaponiyadaDevid Moyes jamoasi tarkibiga Shindzi Kagava, Eshli Yang va Kris Smolling kabifutbolchilar qo‘shilishdi. Shindzi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etganiuchun endi taʼtildan qaytdi, Yang va Smolling jarohatlarini davolab bo‘lishdiva endi jamoa bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.
Endi Moyes ixtiyorida 23 nafar futbolchi bor. Klub 23 iyul kuni «Yokogama F.Marinos» va 26 iyul kuni esa «Sereso Osaka» bilan uchrashadi. So‘ngra Angliyachempioni Gonkongga borib mahalliy «Kitchi» jamoasi bilan ham o‘rtoqlikuchrashuvini o‘tkazadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.